ChatGPT va Gemini sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish mavzusida o’quv-seminar
Joriy yilning 5-avgust sanasida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyun – “Yoshlar kuni” hamda 12-avgust – “Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish to’g’risidagi 03-11-21-2097-son topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Markaziy ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida yosh xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida “ChatGPT va Gemini sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish” mavzusida o’quv-seminar tashkil etildi.



