O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Tomirimni tirnar ko’hna savollar

 

8 mart

Tomirimni tirnar ko’hna savollar,
Yuragimda gullar shirin hayollar,
Ey siz o’zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo’lib kelgan bahorsiz asli,
Men oftobga alishmagan ayollar.

O’zbakiy ohang bor kulgularida,
Durni talpintirar yog’dularida,
Orom orolanar tuyg’ularida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Sizlar borsiz, so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz, ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz, ming bir dardga davo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Gul uzsam tutguncha qo’lim gullaydi,
Men sizga yetguncha yo’lim gullaydi,
Poyingizda o’lsam o’lim gullaydi,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz onalar, opa-singillar!
Hurmat bilan Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi.

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish