O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Joriy yilning 1mart kuni Jizzax viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasida Zulfiyaxonim Isroilova

 

Joriy yilning 1mart kuni Jizzax viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasida Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “She‘riyatning hayotbaxsh sarchashmasi” mavzusida adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.Kechaga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi yetakchi mutaxassisi Salim Komilov,Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Gulmera Hamrayeva hamda institut talabalari,Adolat sotsial demokratik partiyasi mutaxassisi Shahnoza Soatovalar,kutubxonamiz xodimlari va faol kitobxonlarimiz,Zulfiya va Hamid Olimjon ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari,12-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.Adabiy badiiy kechani Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri Sh.Haydarova ochib berdi.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi yetakchi mutaxassisi Salim Komilov,Jizzax davlat pedagogika o’qituvchisi Gulmera Hamrayeva va Adolat sotsial demokratik partiyasi mutaxassisi Shahnoza Soatovalar so’zga chiqib,Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’ruzalar qildilar.Jizzax shahar Ko‘zi ojizlar madaniyat markazi xodimlari tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.Kecha mazmunli yakun topdi.Kechada 52 nafar ishtirokchi qatnashdi.

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish