2021 yil 16 dekabr kuni Namangan vioyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida 2022 yilda nishonlanadigan
2021 yil 16 dekabr kuni Namangan vioyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida 2022 yilda nishonlanadigan O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyatining 90 yilligi munosabati bilan O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati raisining o’rinbosari Dilmurod Sultonov, “Bir safda” jurnalining bosh muxarriri Ikromxon Rajabov xamda “Ijod press” nashriyoti muxarriri, ijodkor, yozuvchi Nabijon Hoshimovlar bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvni O’zbekiston ko’zi ojizlar Namangan viloyat boshqaruvi raisi Komiljon Sheraliyev olib bordi. Ushbu kechada kitobxonlar xamda bir guruh jamiyat a’zolari keksa faxriylar, yosh ijodkorlar ishtrok etishdi. O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati raisining o’rinbosari Dilmurod Sultonov kelgusi yilda nishonlanadigan O’zKOJ ning 90 yilligiga tayorgarlik ishlari keng qamrovda olib borilayotganligi, xar bir tashkilot va madaniyat muassasalarida O’zKOJ ning 90 yilligiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzish va ushbu tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazishni ta’kidlab o’tdi. “Bir safda” jurnalining bosh muxarriri Ikromxon Rajabov kelgusida Bir safda jurnali taxririyatini amalga oshiriladigan ishlari haqida gapirib o’tdi. “Ijod press” nashriyoti muxarriri, ijodkor, yozuvchi Nabijon Hoshimov ham uchrashuv qatnashchilari bilan samimiy muloqotga kirishib o’z qalamiga mansub badiiy asarlari haqida ma’lumot berib o’tib yaqinda nashrdan chiqgan “Kutkan kunlar” asarini kutubxonaga sovg’a qildi. Nabijon Hoshimov tadbir qatnashchilari qiziqtirgan savollariga javob berib o’tdi. Namangan viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi xodimi Tursunoy Raxmanova kutubxona tarixi uning faoliyati hamda tuman filliallaridagi kutubxonalar faoliyati haqida gapirib o’tdi.
Yosh ijodkor NAMDU “Filologiya” fakulteti Filologiya tillarni o’qitish o’zbek tili va adabiyoti talabasi Naima Muxitdinova 2018 yilda Namangan nashriyotida chop etilgan “Qalbim bitiklari” nomli kitobi haqida gapirib o’tib o’zining ijod namunalaridan o’qib eshittirdi.
Jamiyat faxriysi, kitobxon 1 gurux nogironi Asatullo Narzullayev O’zKOJ Namangan o’quv ishlab chiqarish korxonasidagi ish faoliyati, oddiy ishchilikdan direktor o’rinbosarlikkacha bo’lgan davri haqida gapirib o’tdi. Bundan tashqari Viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi xodimlarini foydalanuvchilarga namunali kutubxona xizmati ko’rsatayotganligini, kutubxonada bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv qiziqarli va mazmunli tarzda bo’lib o’tdi. Kechada 51 – nafar kitobxonlar qatnashdi.