O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Joriy yilning 15-dekabr kuni Farg‘ona viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasining Qo‘qon

 

Joriy yilning 15-dekabr kuni Farg‘ona viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasining Qo‘qon shahar filialida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi noshir va dramaturg, sarguzasht asarlar muallifi Nabijon Xoshimov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga kutubxonaning eng faol kitobxonlari taklif etildilar. Ijodiy uchrashuvda Nabijon Xoshimov bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli hayot yo‘llari haqida yig‘ilganlarga gapirib berdi. Kitobxonlar uchun sevimli asarlarga aylanib ulgurgan “Yovvoyi kelin”, “Afg‘on fig‘onlari”, “Tog‘lik qiz qismati” romanlari, bolalar uchun “Meshqovoq operatsiyasi” qissasi, “Toptalgan gulbadan”, “Zebuzar” voqeiy qissalari haqida ma’lumotlar berdi. Kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar yo‘llandi. Sevimli shoir bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv qiziqarli va mazunga boy bo‘ldi.



 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish