O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Farg`ona viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasi Toshloq tuman filialida “Eng faol kitobxon” ko’rik tanlovi o`tkazildi

 

Joriy yilning 1 – dekabr kuni “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ga bag`ishlab Farg`ona viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasi Toshloq tuman filiali, Toshloq tuman hokimligi hamda Tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida Brayl yozuvida tez va ifodali o`qish bo`yicha “Eng faol kitobxon” ko’rik tanlovi o`tkazildi. Ko’rik tanlovda 5 nafar o’quvchi kitobxonlar qatnashdilar. Ular 3 ta shart bo`yicha o`z bilim va ko`nikmalarini sinovdan o`tkazdilar. Tanlov yakuniga ko`ra 1 -o’rinni Xamidjonova Madinaxon, 2 – o’rinni Yo’ldashev Umidjon, 3 – o’rinni Sattoraliyev Nuriddin egalladilar. G`oliblar esdalik sovg`alari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar

odamlar
odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish