O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Zukko kitobxon” ko’ rik tanlovi o’tkazildi

 

Joriy yilning 1 dekabr kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi va tuman madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish” maqsadida Paxtakor tuman xududida umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida “Zukko kitobxon” ko’ rik tanlovi o’tkazildi.Ko’rik tanlov ishtirokchilari 2 ta shart asosida bellashdilar. Bellashuvni hakamlar hayati qaroriga asosan 1- o’rin 13 maktab, 2 -o’rin 1- maktab hamda 3- o’rin 11 maktab ishtirokchilariga nasib etdi. G’olib bo’ lgan ishtirokchilarni tuman ma’naviyat va ma’rifat bo’limining rahbari A.Ochilov tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Ko’rik tanlovda 110 nafar yoshlar qamrab olindi.

odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish