Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Ko‘rinmas illat balosi”mavzusida davra suhbati o’tkazildi
Joriy yilning 1 dekabr kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamda Jizzax viloyat Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari ishtirokida 1 dekabr Butunjaxon ortirilgan imunitit tanqisligi sindiromi OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ko‘rinmas illat balosi”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Suhbatda kutubxona xodimasi Sh.Jumaeva so‘zga chiqib “Maʼlumki, hozirgi davrda Barkamol avlod tarbiyasi va jamiyat taraqqiyoti oʻsib kelayotgan yosh avlodning sogʻlom va bardam boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq. Buning uchun Mustaqil Respublikamizda davlatimiz tomonidan barcha sharoit qulayliklar yaratilgan. Lekin inson sogʻligiga putur yetkazuvchi, tashqaridan mamlakatimizga kirib kelayotgan OITS kasalligi eng ogʻir va murakkab muammolardan boʻlib qolmoqda. “ASR VABOSI” nomini olgan ushbu immun, yaʼni kasalliklarga qarshilik yetishmasligi xastaligini oldini olish, davolash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha-barchamizning muhim ishimiz boʻlib qolmoqda. Buning uchun xalqimizga OITS haqida ilmiy asoslangan, mukammal tushunchalarni yetkazishning ahamiyati nihoyatda katta.”ligi xaqida maruza qildi.Suhbatda voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.Suhbat davomida kutubxona xodimasi D.To‘gaeva tomonida OITS ga qarshi kurashishga atab tayyorlangan ko‘rgazmali yi‘gma jildlar sharxlab berildi.Davra suhbatida 29 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.