O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati tashkil etilganligining 90 yilligi keng nishonlandi

 

2022 yil – O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati tashkil etilganligining 90 yilligi keng nishonlandi. Yubiley munosabati bilan O’zKOJ markaziy boshqaruvi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, chora-tadbirlar rejasida hududlarda istiqomat qilayotgan keksa jamiyat a’zolari va yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazilishi belgilangan. Uchrashuvlarning ustivor vazifalaridan biri ko’rish bo’yicha nogironligi bo’lgan shaxslarning jamiyat xayotidagi faoliyati, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda ko’zi ojizlar kutubxonalarining o’rni, yosh ijodkorlarning ijodi bilan yaqindan tanishishdan iborat. Chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2021 yilning 30-noyabr kuni Surxondaryo viloyat ko’zi ojizlar kutubxonasida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi yozuvchi Nabijon Hoshimov, “Bir safda” jurnalining bosh muharriri Ikrom Rajapov va O’zKOJ qoshidagi “Tiflo muzey” direktori Dilmurodjon Sultonovlar ishtirokida uchrashuv kechasi tashkil qilindi.

odamlar
odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish