O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Farg‘ona viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida “Ko‘ngillarga quvonch ulashib” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi

 

Farg‘ona viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida joriy yilning 30 noyabr kuni 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Ko‘ngillarga quvonch ulashib” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga nogironligi bo‘lishiga qaramay yosh аvlodga bilim berib kelayotgan Marg‘ilon shahar ko‘zi ojizlar maktabining eng faol o‘qituvchilari, kutubxonaning yoshi ulug‘ kitobsevarlari taklif etildilar. Farg‘ona davlat universitetining “San’atshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi X.Jo‘raboeva hamda shu fakultetning 2 – bosqich magistranti I.Mamarasulov tomonidan jozibali qo‘shiqlar yangradi. Farg‘ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli o‘quvchilari o‘z qalamlariga mansub she’rlardan namunalar o‘qidilar va yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldilar. Tadbir so‘nggida kutubxona tomonidan barcha ishtirokchi va mehmonlarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari taqdim etildi. Mo‘jazgina dasturxon atrofida qizg‘in suhbat davom etdi.

odamlar


 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish