O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Jizzax viiloyat ko’zi ojizlar kutubxonasida “Yuksaklarga taralaver bayrog‘im” mavzusida badiiy kecha o’tkazildi

 

Joriy yilning 17 noyabr kuni Jizzax viiloyat ko’zi ojizlar kutubxonasi tomonidan 18- noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kunga 30 yil to‘lishi munosabati bilan “Yuksaklarga taralaver bayrog‘im” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Badiiy kechada Jizzax Gornezoni zobit, kursantlari, Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus maktab internati o‘quvchilari va madanyat uyi xodimlari taklif etildi. Kechani kutubxona xodimi G.Egamqulova olib bordi. Davrani ko‘zi ojizlar kutubxonasi xodimi N.Berdieva ochib berdi. Xarbiy qism faxriy xodimi Z.Otajonov va podpolkovnik R.Nurovlar so‘zga chiqib Davlatimiz bayrog‘i haqidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Badiiy kechada maktab internati o‘quvchilari badiiy chiqishlari bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Badiiy kecha mazmunli yakun topdi.

odamlar
odamlar

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish