O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

INFOLIB UZBEKISTAN  2021

 

Bugungi kunda nogironligi bo`lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatilishi hamda axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati yo`q foydalanuvchilar uchun Internet orqali audio kitoblardan foydalanish tizimini yo`lga qoyish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN  2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi bo’lim mudiri Babakulov Sherzod “Ko`rish qobiliyati cheklangan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatilishida zamonaviy texnologiyalarning o`rni” mavzusi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada audio kitoblarning yaratilish jarayoni, ko’zi ojizlar uchun Fix dasturi taqdimoti, ko`zi ojizlarga dasturlash tizimi jarayoni, ko`rish qobiliyati cheklangan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatilishida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mehnat faoliyatining tashkil etilishi va boshqarilishi bo’yicha amaliy seminar o’tildi. Seminarda turli vazirlik va idoralar vakillari, o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, axborot-kutubxona tizimi mutasaddilari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi bosmaxonasida chop etilgan brayl yozuvli adabiyotlar va audiokitoblar taqdimoti o’tkazildi.

odamlar
odamlar

odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish