O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

 

Bugun Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasiga Turkiston viloyati Chimkent shahrida joylashgan Markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi direktori B.A.Nurmambetov va kutubxona ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari U.M.Turanbayeva kutubxonalar o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ovoz yozish studiyasi va bosmaxona faoliyati , brayl va audio kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish, ko’zi ojizlar uchun kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish masalalari ko’rib chiqildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad kutubxonalar o’rtasida o‘zaro tajriba almashish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy texnologiyalarning tadbiq etilishi va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdan iboratdir.

odamlar
odamlar

odamlar


odamlar





 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish