O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Respublika Markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “USTOZ, ULUĞSIZ ULUĞLARDAN” mavzusida tadbir o’tkazildi

 

Bugun Respublika Markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi 77 sonli ixtisoslashtirilgan ko’zi ojizlar maktab internati bilan hamkorlikda 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “USTOZ, ULUĞSIZ ULUĞLARDAN” deb nomlangan bayram dasturi bo’lib o’tdi.
Òqituvchi va murabbiylar kuni! Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan, bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borliģini ayamasdan, ma’rifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat ehtiromining yaqqol namunasidir.

odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish