O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Memorandum

 

O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi
“Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi” va
Qozog’iston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo’mitasi huzuridagi “Ko’zi ojizlar va zaif ko’ruvchi fuqarolar uchun Respublika kutubxonasi” bilan Respublika davlat muassasasi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik to’g’risidagi
Memorandum imzolandi

Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasi va Qozog’iston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi Madaniyat qo’mitasi huzuridagi “Ko’zi ojizlar va zaif ko’ruvchi fuqarolar uchun Respublika kutubxonasi” o’rtasida ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi fuqarolar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan kutubxona xizmatini ko’rsatish tizimini mukammallashtirish, o’zaro tajriba almashish hamda bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash borasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.
Ushbu memorandumda birinchi navbatda ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi fuqarolarga kutubxona xizmatini tashkil etish va ularning axborot ehtiyojlarini ta’minlash masalalari bo’yicha beg’araz asosda qo’shma faoliyatlarning yuritilishi, xalqaro kitob ko’rgazma – yarmarkalarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rishda tashkiliy yordam ko’rsatish, ko’zi ojiz bo’lgan odamlarning ehtiyojlarini axborot-bibliografik jihatdan ta’minlash sohasidagi qo’shma faoliyat, tomonlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari, konferentsiyalar o’tkazish, amaliyot va kasb-hunar kurslarini tashkil etish orqali hodimlarning malakasini oshirish va tajriba almashish hamda tiflokutubxonashunoslik va tiflobibliografiya sohasidagi hamkorlik aloqalari masalalariga e’tibor qaratildi.

odamlar


ikki kishi
ikki kishi
ikki kishi
ikki kishi
ikki kishi
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish