Toshkent viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “O’chmas siymolar” nomli xotira kechasi o’tkazildi
Toshkent viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasining Yangiyo’l filialida Shukur Burxonov tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan “O’chmas siymolar” nomli xotira kechasi bo’lib o’tdi. Unda 28-umumta’lim maktabi o’quvchilari, faol kitobxonlar ishtirok etdilar.Tadbirda filial mudiri Z. Dolimova boshlovchilik qildi.Madaniyat saroyining “teatr” to’garagi a’zolari aktyorning ijod namunalaridan sahna ko’rinishlari ijro etib berdilar. Bunday tadbirlar oquvchilarda ulkan ma’naviy ozuqa sifatida xizmat qiladi.