Surxondaryo viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasida oʻquv amaliy seminar-trening o’tkazildi
Joriy yilning 15-sentyabr kuni Surxondaryo viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi tomonidan tuman filial kutubxonalari mutaxassis xodimlari malakasini oshirish, ularning ish faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Kitobxonalarga xizmat koʻrsatishning yangi innovatsion usullari va tiflokitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida oʻquv amaliy seminar-trening tashkil qilindi. Oʻquv amaliy seminar-treningda viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi xodimlari tomonidan filial kutubxonalarida innovatsion xizmat koʻrsatishning yangi yoʻllari, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan amaliy va koʻrgazmali koʻrsatmalar berildi.