O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

17 – avgust kuni soat 11-00 da Navoiy viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi

 

17 – avgust kuni soat 11-00 da Navoiy viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamda Navoiy viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiruvchilarni harbiy texnika mutaxassislar tayyorlash markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “YAngi O‘zbekiston yangicha dunyo qarash” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Markaz boshlig‘ining mafkuraviy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o’rinbosari Hazratov Asqar Suvonovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Navoiy viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri R. Soibnazarova O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “YAngi O‘zbekiston yangicha dunyo qarash” nomli ma’ruzasini o‘qib eshittirdi. Harbiy kursantlar ona vatanimizni madh etuvchi she’rlar aytib davra suhbatimizni davom ettirdi. Davra suhbatga 16 nafar harbiy kursant ishtirok etdi.

odamlar
odamlar
odamlar
odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish