HUSHHABAR!!!
Hammamizga ma’lumki bugungi kunda kitobxonlik va mutolaa masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Nogironligi bo’lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish,ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-komminikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Madaniyat vazirligi tomonidan Respublika markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasiga zamonaviy 100 dona stul va 69 dona zamonaviy monoblok (kompyuter) jihozlari taqdim etildi.
Bu albatta boshlanishi, tez kunlarda ko’zi ojizlar kutubxonalari uchun boshqa zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash masalasi markazlashgan holda amalga oshirilishi ijobiy hal etiladi.