O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Joriy yilning 2-3-avgust kunlari Surxondaryo viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi xodimlari

 

Joriy yilning 2-3-avgust kunlari Surxondaryo viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyat boʻlimiga qarashli “Gulbahor” viloyat nogironligi boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʻrgatish unitar korxonasiga tashrif buyurishdi. Korxona rahbariyati bilan qoʻshma hamkorlik shartnomasi tuzilib, “Kitob eltish” xizmati yoʻlga qoʻyildi. Korxona ishchilariga kutubxona xodimlari tomonidan kutubxona jamgʻarmasida mavjud boʻlgan eng sara adabiyotlar hamda matbuot nashrlari orqali xizmat koʻrsatilib, korxonada istiqomat qilayotgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar kutubxonaga aʼzo qilindi.
Kutubxona va korxona rahbariyatlari nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash, ularning xayotga moslashish koʻnikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirish maqsadida kutubxonada oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida hamkorlik bo’yicha kelishib olishdi

odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish