Alisher Navoiy yubileyiga bag’ishlangan xalqaro telemost
Respublika Markaziy Ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda Rossiyaning Chexov nomidagi Krasnodar Ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi o‘rtasida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan onlayn telemost o‘tkazildi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkirning hayoti, ijodi hamda davlat ishlaridagi xizmatlari haqida ma’ruzalar qilindi. Ishtirokchilar tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi va uning boy ma’naviy merosi keng yoritildi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, ikki kutubxona o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



