O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Halollik va adolat yo‘lida: Ochiq eshiklar kuni

 

27 noyabr 2025 yil kuni Respublika markaziy maxsus ko’zi ojizlar kutubxonasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusiga bag’ishlangan Ochik eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirning maqsadi – jamiyatimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarni xabardorlik va ogohlikka chaqirish, shuningdek, har bir insonning ushbu jarayonga shaxsiy hissasini qo‘shishiga ko‘maklashishdir.
Sizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Tadbir davomida siz:
Korrupsiyaning jamiyatga ta’siri haqida yangi va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz;
Mutaxassislar bilan ochik muloqot olib borasiz;
Korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z hissangizni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Keling, birgalikda adolatli, ochik va halol jamiyat barpo etishga o‘z ulushimizni qo‘shaylik.
Sizning ishtirokingiz biz uchun muhim!

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish