Buyuk ajdodlarimizning nazm va navo bo‘stonida
2025.02.11 kuni Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida Buyuk mutafakkir, olim, g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda Shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavulludining 542 yilligi munosabati bilan ” Buyuk ajdodlarimizning nazm va navo bo‘stonida” deb nomlangan madaniy – ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir San‘at gulshani madaniyat saroyi, 77 – sonli ” Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar maktab – internati, 17 – sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilar,kutubxona xodimlari tomonidan g‘azallar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Madaniyat saroyidan tashrif buyrgan san‘atkorlar ijrosida Navoiy va Bobur g‘azallaridan qo‘shiqlar ijro etilib, yeg‘ilganlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Navoiy va Bobur asarlaridan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Buyuk bobokalonlarimizga munosib voris bo‘lish, uning boy adabiy merosini o‘rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir.