O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

2023 yozma hisobot

 

Respublika ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonalari

(2023 yil yakuni holatiga ko‘ra)

Kutubxonalarning asosiy vazifasi – ko’zi ojizlar va ularning oila aʼzolari, ko‘zi ojiz bolalar maktab internatlari va imkoniyati cheklangan shaxslar, taʼlim muassalari o‘quvchilariga hamda kutubxona foydalanuvchilariga samarali xizmat ko‘rsatish, imkoniyati cheklangan kitobxonlarga uyga kitob yetkazish xizmatini amalga oshirish hamda zarur bo‘lsa mutolaa qilib berish xizmatini bepul amalga oshirishdan iborat.

Kutubxonaning asosiy faoliyatlaridan biri kutubxona fondini maxsus adabiyotlar bilan boyitish (Brayl yozuvidagi, gapiruvchi adabiyotlar, bosma xafdagi adabiyotlar) va ko‘zi ojiz foydalanuvchilarning talablarini qondirishdan iborat.

Umumiy ma’lumot.

Madaniyat vazirligi tasarrufida jami Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning 144 ta maxsus ko‘zi ojizlar kutubxonalari (583 ta ko‘chma kutubxonalar) mavjud bo‘lib, Respublika maqomida 2 ta, viloyat maqomida 12 ta va 130 ta tuman (shahar) kutubxonalar fililallari hisoblanadi.

Mazkur muassasalarda jami 643 nafar (364 nafar ayol xodimlar) mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. Ulardan 146 nafari ko‘zi ojiz xodimlardir.

Respublika bo‘yicha jami nomdagi adabiyotlar 657 799 nusxada bo‘lib, ulardan 146 147 ta Lui Brayl yozuvidvgi bo‘rtma nuqtali adabiyotlar, 150 863 ta magnit lenta va kassetalar, 23 553 ta audio kitoblar va 337 236 ta bosma xarfdagi adabiyotlarni tashkil etadi.

2023 yil bo‘yicha jami Yangi olingan kitoblar (hisob birligida) – 22 890 donani, Jami berilgan nashrlar (hisob birligida) 1193 999 tani tashkil etadi. Yil davomida – 243 266 ta metodik bibiliografik qo‘llanmalar tuzildi va foydalanish uchun havola qilindi. Yil yakunida jami kitob fondi (hisob birligida) 657 799 ta adabiyot.

Shuningdek, 2023 yilning yakuniy holatiga kelib, respublika bo‘yicha jami kitobxonlar soni 97 049 nafarni tashkil etib, shundan 42 319 nafari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar bo‘lib, 26 344 nafari (60 foiz) 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi. Kutubxonaga qatnov – 611 957.

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish