O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi tomonidan 2023 yil Kutubxonalarimizni kitob bilan taʼminlash yili shiori eʼlon qilingan edi

 

Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi tomonidan 2023 yil Kutubxonalarimizni kitob bilan taʼminlash yili shiori eʼlon qilingan edi. Ushbu shior ostida Navoiy viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasiham harakat ishlarini olib boryapti. Ushbu chellenjni qo’llab-quvvatlab Navoiy shahar XDP deputati “O’zbektelekom” AK Navoiy filiali direktori Djo’rayev Jamshid Komilovich nomidan “O’zbektelekom” AK Navoiy filialining Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Rayxon Darbayeva tashrif buyurib, 39 nomda 40 dona kitoblarni Navoiy viloyati ko’zi ojizlar kutubxonasiga sovg’a qildilar. Ko’rsatilayotgan etibor uchun”O’zbektelekom” AK Navoiy filiali rahbariyati va jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Keling azizlar sizham chellenjimizga qo’shiling. O’zingiz o’qib bo’lgan bosma harfdagi kitoblarni kutubxonamizga hadya eting va ilmu ziyo tarqatishga sababchi bo’ling.

rasm
rasm
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish