Nogironligi bo`lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish tizimini
Nogironligi bo`lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan imkoniyati cheklangan fuqarolarning axborot-kutubxonaga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun zamonaviy, yuqori samarali axborot-kommunikaciya texnologiyalaridan foydalangan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning muntazam va mustaqil ravishda bilimini oshirishga ko`maklashish maqsadida Respublika Markaziy ko`zi ojizlar kutubxonasi Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi kompyutep zalida korish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun kompyuter o`quv darslari saboqlari davom etmoqda.
Bo`lim xodimi U.Xudoyorbekov tomonidan darslar qiziqarli va ushunarli tarzda olib borilmoqda.