XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurgan giyohvandlik illati bilib-bilmay bu
XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurgan giyohvandlik illati bilib-bilmay bu ko‘chaga kirganlarning sog‘lom turmush tarzini izdan chiqarib, tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylanishi va bu zulmatga yoshlarimiz kirib qolmaslik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 28-iyun kuni Surxondaryo viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida 26-iyun “Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Og‘u girdobidan ogoh bo‘laylik” nomli mavzuga oid kecha va 30-iyun “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab “Yoshlar yurtimiz kelajagi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga Termiz shahar 5-oilaviy poliklinika shifokori Hayitova Shoira Qulto‘raevna taklif etildi.