O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Bugun 27-aprel kuni Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Yilning eng faol kutubxonachisi»

 

Bugun 27-aprel kuni Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Yilning eng faol kutubxonachisi» ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Qashqadaryo viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori O.O.Komilov ochib berdi. Bugungi ko‘rik tanlovga viloyatimizning shahar va tumanlaridagi filial kutubxonalaridan hamda Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining hodimilari qatnashadilar. Ko’rik-tanlov ishtirokchilari nizom asosida 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov qizg’in bahs va munozaralar tarzida bo’lib o’tdi. Ishtirokchilarning chiqishlarini hakamlar hay’ati odilona baholab bordilar. Natijalarga ko‘ra 1 o‘rin VKOMK hodimasi Qayumova Mohiraga, 2-o‘rin Qarshi shahar ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi kata kutubxonachisi Ravshanova Farangizga, 3-o‘rin Kasbi tuman ko‘zilar kutubhonasi filial mudirasi Haydarova Zulayhoga hamda rag‘batlantiruvchi o‘rin Nishon tuman ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi filial mudirasi Boyqulova Zeboga nasib etdi.

rasm
rasm

rasm
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish