Joriy yilning 26-aprel kuni Qashqadaryo viloyat ko’zi ojizlar kutubxonasi filiali Kasbi tuman
Joriy yilning 26-aprel kuni Qashqadaryo viloyat ko’zi ojizlar kutubxonasi filiali Kasbi tuman ko’zi ojizlar kutubxonasi Kasbi tuman Madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludining 68 yiligiga bag’ishlab “Yurakda yashaydi asl shoirlar” nomli she’riyat kechasi o’tkazdilar. She’riyat kechani tuman Madaniyat bo’limi rejissori Mo’minova Bibisora ochib berdi. М.Yusufning hayoti va ijodi haqida tuman ko’zi ojizlar kutubxonasi mudirasi Z.Haydarova ma’ruza qildi. “Yosh qalamkashlar ” to’garagi a’zolari tomonidan M,Yusufning qalamiga mansub she’rlardan namunalar o’qildi. Tuman Madaniyat bo’limi qoshidagi “Gulshan” ashula va raqs xalq ansanbiling xonandalari tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlardan qo’shiqlar yangradi. Tadbir so’nпgida “Yosh qalamkashlar” to’garagi rahbari Achilova Lobarning “Kasbi kamalagi” hamda “Qashqadaryo jilg’alari” kitoblarining ta’qdimoti bo’lib o’tdi. Tuman Madaniyat bo’limi rahbari Xudoyberdiyev Turdimurod so’zga chiqib “Yosh qalamkashlar” to’garak a’zolarini qizg’in tabrikladi va to’garak a’zolariga “Faxriy yorliqlar” topshirdi.