Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor
Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli sohada qator isloxotlar amalga oshirilayotgani barchamizga maʼlum. Qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar xususan, 26-may 2020-yil Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-sonli farmonida 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” etib belgilanishi sohaning barcha vakillari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi.
Shu munosabat bilan Respublika markaziy közi ojizlar kutubxonasi barcha madaniyat va sanʼat fidoyilarini bugungi ayyom bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli, ham faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun hurmatimizni bildirib, samimiy tilakalarimizni izhor etamiz. Hurmatli hamkasblar, sizlarga uzoq va barokatli umr, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
15-aprel – “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” muborak boʻlsin!