O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aprel oyining birinchi haftasida “Kitobxonlik haftaligi” ni o‘tkazish yuzasidan Andijon viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasida ishlab chiqilgan chora- tadbirlar asosida joriy yilning 7 aprel kuni Andijon viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi xodimlari tomonidan Andijon shahridagi «Sadik u babushki» nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi jajji bolajonlar uchun «Ertaklarda yashagim kelar» mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada tashkil etilgan “Ertaklar olamiga marhabo” nomli kitob ko‘rgazmasiga etakchi kutubxonachi R.Rizaeva bibliografik sharh berdi. Tadbirda “Qizil qalpoqcha” ertagi asosida sahnalashtirilgan tomosha bolajonlarni xushnud etdi. Kitobga mehr uyg‘otish maqsadida jajji ishtirkchilarga Tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi mudiri F.Temirova hamda kutubxona uslubchisi SH. Ortiqovalar bolajonlarga ertak va hikoyalar o‘qib berdilar.

 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish