O'zbekiston gerbi

RESPUBLIKA MARKAZIY KO’ZI OJIZLAR MAXSUS KUTUBXONASI

 

Joriy yilning 29-mart kuni Kasbi tuman ko’zi ojizlar kutubxonasi va tuman ko’zi ojizlar jamiyati

 

Joriy yilning 29-mart kuni Kasbi tuman ko’zi ojizlar kutubxonasi va tuman ko’zi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda “Farovon” choyxonasida Navro’z umumxalq bayrami va O’zKOJ tashkil topganligining 90 yilligiga bag’ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Kasbi tuman hokim o’rinbosari Bekzod Eshonqulov tabrik so’zi bilan ochib berdi. Tuman hokimligi tomonidan bayram dasturxoni tashkil qilindi. Kasbi tuman hokimligi va tuman ko’zi ojizlar jamiyati tomonidan barcha tadbir qatnashchilariga esdalik sovg’alari topshirildi. 5 nafar ko’zi ojiz faol o’qituvchilarga Xalq ta’limi bo’limining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbirda O’zKOJ Qashqadaryo viloyat bo’limi vakili Zoyir Hakimovich, tuman Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Zokir Boboyev tuman KOJ raisi Aziz Ahatov so’zga chiqib bayram bilan tabrikladi.Tadbirda tuman Madaniyat markazi qoshidagi “Gulshan” ashula va raqs xalq ansamblining xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar yangradi.

odamlar
odamlar
odamlar
 
Chat
Operator

Salom. operatorga yozishingiz mumkin.

Yuborish